Malay tili

Malay tili
Milliy nomi Bahasa Melayu, بهاس ملايو
Mamlakatlar

 Malayziya
 Indoneziya
 Bruney
 Singapur

 Sharqiy Timor
Rasmiylik holati

 Malayziya
 Bruney

 Singapur
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 250 mln., 45mln. uchun ona tili[1]
Oʻrni 58
Alifbosi Malay alphabet, Jawi va Lotin alifbosi
Til kodlari
ISO 639-1 ms
ISO 639-2 may (B); msa (T)
ISO 639-3 msa va boshqalar

Malay tili - avstroindonez tillar oilasiga mansub tillardan biri hisoblanadi. Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari ya`ni Indoneziya, Singapur, Tailand, Malayziya va Vetnam davlatlarida malay tilidan foydalaniladi.[1]

Lotin alifbosiga asoslangan yozuv asosida malay tili yoziladi.

Ilk oʻrta asrlardan boshlab malay tili butun malay „qirgʻoq sivilizatsiyasi“ (Malay arxipelagi, Malakka yarim oroli, Hindi-xitoy qirgʻoqlari va Yangi Gvineya) hududlarida millatlararo muloqat va davlatlar aro munosabatlar tili sifatida ishlatilgan. Malay tili islom va nasroniylikning tarqalishi tili deb hisoblangan.[2].

Malay tilida yozilgan ilk tosh bitiklar(Batu Bersurat) Sumatra va Bangka orollaridagi toshlardagi yozuvlar (VII asr)dir. Sumatra orolining ayrim hududlarida „kaganga“ va „renchong“ deb nomlangan hind yozuvining qattiq oʻzgartirilgan shakllari saqlanib qolgan.

XIV asrdan boshlab islom dini bilan bir qatorda oʻzgartirilgan arabcha " Tulisan Javi " yozuvi ham tarqala boshladi. XIX asrdan boshlab lotin alifbosi keng tarqala boshladi — Indoneziyada u XX asr boshlarida, Malayziya va Singapurda esa 1957-yildan keyin milliy til sifatida eʼtirof etildi.

  1. Victor Pogadaev, Eugenia Kukushkina. Bahasa-Bahasa Utama Dunia: Suatu Pengenalan. Kuala Lumpur: DBP, 2018, p. 151.
  2. Dorofeeva, Tatiana V. (2011) Bahasa Melayu Seumpama Bahasa Latin di Rantau Nusantara (Malayskiy — latin Nusantari). Jurnal Terjemahan Alam & Tamadun Melayu, 2 (2). Bangi: Universiti Kebangsaan Malaysia, p. 163—171.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne