Toshkent

Toshkent
Poytaxt
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
41°18′0″N 69°16′0″E / 41.30000°N 69.26667°E / 41.30000; 69.26667
Mamlakat Oʻzbekiston
Ichki boʻlinishi 12 tuman
Hukumat
 • Hokim Shavkat Umrzoqov
Ilk eslatilishi Eramizdan avvalgi 5–3 asr
Avvalgi nomlari Yuni, Choch, Shosh (Madina-ash-Shash) va Binkat
Maydon 334.8 km2 (129.3 kv mi)
Markazi balandligi 455 m
Rasmiy til(lar)i oʻzbekcha
Aholisi
 (2023)[2]
3 million 20,5 ming [1]]
Zichligi 8000.5 kishi/km2
Milliy tarkib
Konfessiyaviy tarkib
Etnoxoronim toshkentlik (lar)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 71
Pochta indeks(lar)i 100 000[4]
Avtomobil kodi 01—19
Toshkent xaritada
Toshkent
Toshkent

Toshkent — Oʻzbekistonning poytaxti va eng yirik shahri boʻlib, aholisi boʻyicha Markaziy Osiyodagi eng yirik qadimiy shaharlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonning shimoli-sharqiy qismida, Qozogʻiston bilan chegaraga yaqin qismda joylashgan boʻlib, maydoni 334,8 km2 ni tashkil etadi. 2023-yilning 1-iyulidagi maʼlumotlarga koʻra, Toshkent aholisi 2 995 000 nafar kishini (Oʻzbekiston aholisining qariyb 8 foizi) tashkil etadi[2]. 2018-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Toshkent shahrining YIMi $2,74 milliardni tashkil etadi va bu koʻrsatkich Oʻzbekistondagi eng katta YIMga ega shahar boʻlib kelmoqda[5][6].

Milodiy VIII asr oʻrtalarida islomiy taʼsir boshlangunga qadar, Toshkentga sugʻd va turkiy madaniyat taʼsir koʻrsatgan. 1219-yilda Chingizxon Toshkentni vayron qilganidan soʻng, shahar qayta tiklandi va Buyuk Ipak yoʻlidan foyda koʻrdi. XVI-XVII asrlarda Toshkent Shayboniylar va Ashtarxoniylar davlati tarkibida boʻlgan. XVIII–XIX asrlardan boshlab ushbu shahar Qoʻqon xonligi tomonidan zabt etilgunga qadar, mustaqil shahar-davlatga aylangan edi. 1865-yilda Toshkent Rossiya imperiyasi tarkibiga kirdi hamda Turkiston general-gubernatorligi markazi boʻldi. Sovet davrida bu shahar butun Sovet Ittifoqining majburiy deportatsiyasi tufayli katta oʻsish va demografik oʻzgarishlarga guvoh boʻlgan. 1966-yilda boʻlgan Toshkent zilzilasi tufayli Toshkentning katta qismi vayron boʻlgan edi, biroq u namunali Sovet shahri oʻlaroq qayta qurilgan. Oʻsha paytda Toshkent Sovet Ittifoqining Moskva, Leningrad va Kiyev shaharlaridan keyin turadigan toʻrtinchi yirik shahar boʻlgan[7].

Hozirgi kunda, mustaqil Oʻzbekiston poytaxti sifatida, Toshkentda koʻp millatli aholi saqlanib qolgan, ular orasida etnik oʻzbeklar va qozoqlar koʻpchilikni tashkil qiladi. 2009-yilda Toshkentning 2 200 yilligi nishonlandi. Bu munosabat bilan shahar infra va transport tizimi yangilandi[8][9]. Toshkent yirik shahar

  1. [https://kun.uz/97794504 Тошкентда яшовчи доимий аҳоли сони 3 миллиондан ошди
  2. 2,0 2,1 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named StatsPop
  3. Сведения о населении города на официальном сайте хокимията г. Ташкент, 22–oktabr 2013–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 17–noyabr 2012–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  4. „Toshkent shahri pochta indeks (lar)i“ (ruscha). Pochta.uz. 2021-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-avgust 2021.
  5. „Oʻzbekistonda yalpi ichki (hududiy) mahsulot (2018-yil yanvar-iyun)“ (oʻzbekcha). Oʻzbekiston Davlat Statistika Qoʻmitasi. 16-noyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyun 2018-yil.
  6. „YIM shakllanishida viloyatlarning hissasi ochiqlandi“ (oʻzbekcha). Qalampir.uz. Qaraldi: 28-oktabr 2019.
  7. Praying Through the 100 Gateway Cities of the 10/40 Window ISBN 978-0-927-54580-8 s. 89
  8. Toshkent shahrining 2 200 yilligi oldidan Ertangi toʻyga hozirlik bugundan boshlanmogʻi kerak[sayt ishlamaydi]
  9. „Юбилей Ташкента. Такое бывает только раз в 2200 лет“. Фергана – международное агентство новостей. Qaraldi: 10-dekabr 2017.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne