Toshkent | |
---|---|
Poytaxt | |
41°18′0″N 69°16′0″E / 41.30000°N 69.26667°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Ichki boʻlinishi | 12 tuman |
Hukumat | |
• Hokim | Shavkat Umrzoqov |
Ilk eslatilishi | Eramizdan avvalgi V– III asr |
Avvalgi nomlari | Yuni, Choch, Shosh (Madina-ash-Shash) va Binkat |
Maydon | 631.29 km2 (243.74 kv mi) |
Markazi balandligi | 455 m |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbekcha |
Aholisi (2024)[2] |
3 million 095 ming kishi[1] |
Zichligi | 4880.5 kishi/km2 |
Milliy tarkib | |
Konfessiyaviy tarkib |
|
Etnoxoronim | toshkentlik (lar) |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 71 |
Pochta indeks(lar)i | 100 000[4] |
Avtomobil kodi | 01—10 |
|
Toshkent – Oʻzbekistonning poytaxti va eng yirik shahri boʻlib, aholisi boʻyicha Markaziy Osiyodagi eng yirik qadimiy shaharlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonning shimoli-sharqiy qismida, Qozogʻiston bilan chegaraga yaqin qismda joylashgan boʻlib, maydoni 631.29 km2 ni tashkil etadi. 2024-yilning 1-iyulidagi maʼlumotlarga koʻra, Toshkent aholisi 3 075 000 nafar kishini (Oʻzbekiston aholisining qariyb 9 foizi) tashkil etadi[2]. 2024-yilning birinchi kvartal maʼlumotlarga koʻra, Toshkent shahrining YIMi $25 milliardni tashkil etadi va bu koʻrsatkich Oʻzbekistondagi eng katta YIMga ega shahar boʻlib kelmoqda[5][6].
Milodiy VIII asr oʻrtalarida islomiy taʼsir boshlangunga qadar, Toshkentga sugʻd va turkiy madaniyat taʼsir koʻrsatgan. 1219-yilda Chingizxon Toshkentni vayron qilganidan soʻng, shahar qayta tiklandi va Buyuk Ipak yoʻlidan foyda koʻrdi. XVI-XVII asrlarda Toshkent Shayboniylar va Ashtarxoniylar davlati tarkibida boʻlgan. XVIII–XIX asrlardan boshlab ushbu shahar Qoʻqon xonligi tomonidan zabt etilgunga qadar, mustaqil shahar-davlatga aylangan edi. 1865-yilda Toshkent Rossiya imperiyasi tarkibiga kirdi hamda Turkiston general-gubernatorligi markazi boʻldi. Sovet davrida bu shahar butun Sovet Ittifoqining majburiy deportatsiyasi tufayli katta oʻsish va demografik oʻzgarishlarga guvoh boʻlgan. 1966-yilda boʻlgan Toshkent zilzilasi tufayli Toshkentning katta qismi vayron boʻlgan edi, biroq u naʼmunali Sovet shahri oʻlaroq qayta qurilgan. Oʻsha paytda Toshkent Sovet Ittifoqining Moskva, Leningrad va Kiyev shaharlaridan keyin turadigan toʻrtinchi yirik shahar boʻlgan[7].
Hozirgi kunda, mustaqil Oʻzbekiston poytaxti sifatida, Toshkentda koʻp millatli aholi saqlanib qolgan, ular orasida etnik oʻzbeklar va qozoqlar koʻpchilikni tashkil qiladi. 2009-yilda Toshkentning 2 200 yilligi nishonlandi. Bu munosabat bilan shahar infra va transport tizimi yangilandi[8][9]. Toshkent yirik shahardir
<ref>
tag; no text was provided for refs named StatsPop
{{citation}}
: CS1 maint: date format ()