Vikipediya

Favicon of Wikipedia Vikipediya
Vikipediya logosi
Web-manzil www.wikipedia.org
Interwiki XX:
Asosiy boʻlim jami 287 boʻlim
Asos solingan sana 15-yanvar, 2001
Asoschi Jimmy Wales va Larry Sanger
Maqolalar soni 20 milliondan dan ortiq
Egasi Wikimedia Foundation
Litsenziya erkin
Reklama yoʻq

Vikipediya — koʻp tilli, erkin, onlayn ensiklopediya. U koʻngillilar jamoasi tomonidan ochiq hamkorlik hamda vikiga tayanuvchi tahrir tizimi asosida yoziladi va yuritiladi. Ushbu loyiha 2001-yil 15-yanvarda mutaxassislarga moʻljallangan Nupediaga toʻldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Vikipediya bugunga kelib eng katta va eng koʻp koʻzdan kechiriladigan maʼlumot manbasiga aylandi[1]. Hozirda bu bepul ensiklopediyada dunyoning 283 tilida 59 milliondan oshiq maqola bor. Vikipediyaning eng katta ingliz tili boʻlimi 6835751 ta maqolaga ega. Taqqoslash uchun, qogʻoz nashrdagi ensiklopediyalar orasida eng kattasi boʻlmish Encyclopædia Britannica (Britaniya Ensiklopediyasi)dagi maqolalar soni 130 ming atrofidadir. Bundan tashqari, Vikipediyaning juda mashhur boʻlib ketishi ortidan unga yondosh Vikiombor, Vikilugʻat, Vikikitob, Vikiversitet, Vikiiqtibos hamda Vikiyangiliklar kabi loyihalar ham paydo boʻlgan.

  1. „Wikipedia.org Sayt haqida ma'lumot (Inglizcha)“. Alexa Internet. 2018-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18 fevral, 2012. (Wayback Machine saytida 2018-12-25 sanasida arxivlangan)

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne